«Mehnatobod» mahallasida sayyor qabul va davlat xizmatlari ko‘rsatildi



Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi «Mehnatobod» mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari tadbiri tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan mavjud muammolar tinglandi, murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi va mutasaddilar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat va huquqiy asos talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga olinib, ularni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Tadbir doirasida mahalladagi «mahalla ettiligi» tarkibi va MFY faollari ishtirokida ularning xizmat faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi, dolzarb yo‘nalishlarda aniq ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘arada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi


Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.








