«Dilkusho» mahallasida mahalla raisi saylovi o‘tkazildi










Bugun ertalabdan Farg‘ona tumani «Dilkusho» mahallasida saylov bayramona ruhda boshlandi. Erta tongda mahalla hududida karnay-surnay sadolari yangradi. Sababi – ushbu mahallada joylashgan 20-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi binosida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi.
Saylov tadbiri munosabati bilan maktab hovlisida bir qator madaniy-ma‘rifiy tadbirlar ham tashkil etildi. Jumladan, Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Unda turli janrdagi adabiyotlar, zamonaviy va klassik asarlar, bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan kitoblar aholi e‘tiboriga havola qilindi.
Shu bilan birga, maktab ma‘muriyati tomonidan o‘quvchilar va mahalliy hunarmandlarning qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi va milliy bezak san‘ati namunalarini tomosha qilish imkoni bo‘ldi.
Saylov tadbiri oldidan ishtirokchilarga Farg‘ona tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan kuy-qo‘shiqlardan iborat badiiy dastur namoyish etildi. Mahalliy san‘atkorlar ijrosidagi jonli kuy va qo‘shiqlar saylovga tashrif buyurgan fuqarolar kayfiyatini ko‘tardi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi


Davlat tili qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

