Davlat tili qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.



Dang‘ara tumaniga Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 20-son bayonida belgilangan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasida Davlat tili qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati hokim maslahatchisi S. Tongotarova tomonidan o‘rganishlar natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Tibbiyot sohasida ham davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi

“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi


