“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi








“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi
Dang‘ara tumani hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman madaniyat markazi hamkorligida 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Farzand tarbiyasi bilan bog‘liq milliy qadriyat va an’analarimizni ulug‘lash, keksa avlod vakillarining hayotiy tajribalarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda tumandagi faol ayollar, keksa onaxonlar, yoshlar hamda tumandagi 46 ta mahallaning eng ibratli oilalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ibratli oilalardagi nuroniy onaxonlar tomonidan oila mustahkamligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasida milliy qadriyat va an’analarimizning o‘rni haqida hayotiy misollar xaqida gapirib o‘tildi.
“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan oilalarga Davlatimiz rahbarining Farmoni va Hukumat qarori bilan ta’sis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi


Davlat tili qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

