O‘zbekiston tumanidagi mahalla yoshlari o‘rtasida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari boshlandi







Bugun O‘zbekiston tumanida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari start oldi.
“O‘zbekiston” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, Davlat xavfsizligi xizmati tuman bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyati, yoshlar ishlari bo‘limi va boshqa daxldor muassasalar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
Bu yilgi musobaqalar doirasida ham tumandagi barcha mahallalardan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bahslarida qizg‘in to‘p surishadi.
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar DXX kubogi, tegishli darajadagi diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘arada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi


Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.








