Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
28
8
Sayt test rejimida ishlamoqda...

342025-03-30 08:25

“Tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha tuman mahallalarida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish”

Dang‘ara tumanida “Tomorqa ep egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF 22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha tuman mahallalarida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman xokimi, tumandagi barcha MFY raislari boshchiligidagi maxalla yettiligi, sohaga doir mutaxassislar, tomorqa xo‘jaliklari mas’ullari qatnashdi.

Dastlab, seminar ishtirokchilariga “Kichik turk” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlar egalari tomonidan tomorqa yerlaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, issiqxonachilik bilan shug‘ullanayotganlar tajribasi ko‘rsatildi.

10 sotix tomorqasida yil bo‘yi turli ko‘chat yetishtirib, shu yo‘l bilan yiliga 100 million so‘mdan ortiq sof foyda olinayotganligi takidlab o‘tildi.

Chag‘ali qishlog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ko‘chat ekish tadbirida ham qatnashdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz