“ Vatan yagonadir, Vatan bittadir”








Dang‘ara tumanining chegaraoldi hududi xisoblangan Abdusamad MFYda “ Vatan yagonadir, Vatan bittadir” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir karnay- surnay va doirachilar chorlovlari ostida boshlanib, tuman madaniyat markazi xodimlari ijrosidagi vatanni, tinchlikni madh etuvchi qo‘shiqlar, xalq og‘zaki ijodiyoti asarlari va laparlar hamda dilrabo taronalar bilan davom etdi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan do‘stlik va hamjihatlikni, tinchlikni mustahkamlash mavzularida rasmlar chizilib, buyuk ajdodlarimiz va qo‘shni davlatlarning mutafakkirlarining do‘stlik va hamjihatlik haqidagi asarlari bo‘yicha kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Abdusamad MFYda bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir millatlararo totuvlikning chinakam ifodasi bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

«Vatan yagonadir, vatan bittadir»



Dang‘ara tumanida kitob yarmarkasi tashkil etildi