Xalq deputatlari Dang‘ara tumani Kengashining Yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.








Xalq deputatlari Dang‘ara tumani Kengashining Yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Tojixakimov ochdi va olib bordi.
Sessiya boshida tuman hokimining 2025 yil 18 mart kungi 57-11-155-Q/25 sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarori ijrosi yuzasidan Dang‘ara tumanida 2025-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman xokimining birinchi o‘rinbosari Usmonov Iqboljon Baxtiyorovich xisoboti eshitildi.
Tuman moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Latipov Kozimjon Xakimjonovich “Tashabbusli budjet” loyixasi 2025-yil 1-mavsum g‘olib loyixalariga mablag‘ ajratish to‘g‘risda xisobot berdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 21-fevral kungi VII-5-19-11-155-K/25 sonli qarorining 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Ergashev Ikromjon Maxmudjonovichning xisoboti eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi“Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qaroriga asosan, Dang‘ara tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Xolmirzayev Marufjon Kamolovich xisobot berdi.
Ijtimoiy soxa, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha domiy komissiya raisi Maxkamov Nozimjon Nomozaliyevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sohasida Davlat-xususiy sherikchilikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-316 sonli qarorini tumandagi ijrosi to‘g‘risida axboroti tinglandi
Dang‘ara tumanida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan yer maydonlarini fuqarolar tomonidan notarial tartibda berilgan arizalariga asosan zaxiraga qaytarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14-fevraldagi “Tomorqa ep egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF 22-sonli farmoniga asosan ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarasiz foydalanayotgan dehqon xo‘jaliklariga nisbatan choralar ko‘rish to‘g‘risida agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha domiy komissiya raisi Ergashev Abbosjon Shuxratovich xisoboti eshitildi
Dang‘ara tumanida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman xokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Azizova Madinaxon Anvarovna xisobot berdi.
Shuningdek sessiyaga kiritilgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Sessiyadagi barcha masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

«Vatan yagonadir, vatan bittadir»



“ Vatan yagonadir, Vatan bittadir”

Dang‘ara tumanida kitob yarmarkasi tashkil etildi