Dang‘ara tumanida kitob yarmarkasi tashkil etildi








Kitobning inson kamolotidagi o‘rni beqiyos. Shaxs komolotining turli bosqichlarida o‘qilgan badiiy adabiyot durdonalari o‘quvchining ichki dunyosini boyitib, o‘chmas iz qoldiradi.
Dang‘ara tumani madaniyat markazida tashkil etilgan navbatdagi kitob yarmarkasida tumandagi tashkilot raxbarlari, ijtimoiy sohada mehnat qilayotgan xodimlar, maktab va kollej o‘quvchilari hamda boshqa fuqarolar ishtirok etib, so‘ngi nashir qilingan huquqiy adabiyotlar, badiiy asarlar, jahon adabiyoti durdonalaridan shaxsiy hamda tashkilot ehtiyojlari uchun xarid qildilar.
Bunday tashkil etilayotgan tadbirlar axolining kitobga bo‘lgan munosabatini yanada o‘zgartirishga, yurtimizda chop etilayotgan huquqiy, badiiy va boshqa mazmundagi adabiyotlar bilan tanishishga imkon yaratadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Jahon kubogi farg‘onalik bokschining g‘alabasi bilan boshlandi




Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”