Jahon kubogi farg‘onalik bokschining g‘alabasi bilan boshlandi

Braziliyada boks bo‘yicha "World Boxing" tashkiloti tomonidan Jahon kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. U 30-martdan 7-aprelgacha davom etishi belgilangan. O‘zbekiston terma jamoasi a‘zolari ham mazkur musobaqada ishtirok etmoqda. Dunyoning 19 davlatidan kelgan 130 dan ortiq bokschilar ishtirokida o‘tayotgan mazkur kubok bellashuvlarining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili ilk jangini o‘tkazdi.
Mazkur uch nafar bokschining biri bo‘lgan farg‘onalik Mirazizbek Mirzaxalilov -55 kg vazn toifasida shvetsiyalik Nebil Ibrahimni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

"Beruniy" mahallasida elektr tarmoqlari modernizasiya qilinmoqda

"Ayol — qadriyatlar davomchisi" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi



"Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram tadbiri

Farg‘ona tumanida Yangi O‘zbekistonda qo‘shnichilik va ahillik tantana qildi