Farg‘ona tumani 55-maktabida ko‘rgazmali milliy burchak tashkil etildi








Farg‘ona tumani 55-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus ko‘rgazmali milliy burchak tashkil etildi.
Mazkur burchakda o‘zbek xalqining boy tarixi, madaniy merosi va an‘analarini aks ettiruvchi eksponatlar namoyish etilgan. Xususan, milliy liboslar, milliy buyumlar, milliy taomlar, milliy cholg‘u asboblari, milliy an‘analarni aks ettiruvchi haykalchalar, shuningdek, o‘ziga xos kulolchilik namunalari maktab o‘quvchilari va mehmonlarning e‘tiboriga havola etildi.
Bunday tashabbuslar yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning milliy merosga qiziqishini oshirish hamda an‘analarni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmali milliy burchak doimiy ravishda boyitilib borilishi va turli ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar doirasida o‘quvchilar uchun manba vazifasini bajarishi rejalashtirilgan.
Maktab jamoasi bu kabi loyihalar orqali yosh avlodga milliy o‘ziga xoslikni singdirish, ularni ona yurtga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga alohida e‘tibor qaratmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Dang‘ara tumani IIB boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi

Dang‘ara tumani prokurori mahalla yoshlari bilan uchrashdi

mahalla raislari tomonidan navbatdagi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.






