Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
135
26
Sayt test rejimida ishlamoqda...

892025-10-23 15:41

Rasmiy munosabat

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2104653255700615.jpg


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Dang‘ara tumani bo‘limi binosidagi holat” haqidagi ma’lumotlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, binodagi ayrim xonalarda ichimlik suvining bosimi pastligi sababli suv yetarlicha yetkazib berilmagan. Muammoni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha suv nasosi o‘rnatilib, suv bosimini oshirish va barcha xonalarga suvni meyorida yetkazish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, xodimlar uchun alohida kiyinish xonalari ajratish, binodagi isitish tizimida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasani zamonaviy kompyuter va texnika vositalari bilan ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Ayni paytda Dang‘ara tumanidagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimi muassasalari faoliyati odatiy tarzda davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz