Dang‘ara tumani prokurori mahalla yoshlari bilan uchrashdi






Dang‘ara tumani prokurori mahalla yoshlari bilan uchrashdi
🔷Dang‘ara tumanida yoshlar bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tuman prokurori mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔷Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, shuningdek, turli salbiy illatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔷Uchrashuvda yoshlarning turli sohalardagi muammolari tinglandi, ularning taklif va fikr-mulohazalari eshitildi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔷Tuman prokurori yoshlarning fikr va takliflarini tinglab, ularni qonunlarga rioya qilish, bilim va salohiyatni oshirish orqali jamiyatda munosib o‘rin egallashga chaqirdi.
🔷Ta’kidlash joizki, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Dang‘ara tumani IIB boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi

mahalla raislari tomonidan navbatdagi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz!





