"Mehnatobod" mahallasida yashil iqtisodiyot va tadbirkorlik rivoji










Farg‘ona tumani "Mehnatobod" mahalla fuqarolar yig‘inida 3118 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 601 ta xonadon mavjud bo‘lib, ushbu mahallaning Archazor ko‘chasida 30 dan ortiq xonadonlarda aholi odatda namotak etishtirish, urug‘chilik hamda mevali manzarali ishlab chiqarish ko‘chatini etishtirish va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ushbu faoliyat mahallaning asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi.
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli Farmoni ijrosini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bog‘liqdir.
Mahalladagi aholi tomonidan olib borilayotgan namotak etishtirish va urug‘chilik faoliyati atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, mevali va manzarali ko‘chatlarning etishtirilishi hududning ekologik holatini yaxshilash bilan birga, aholining daromadini oshirishga ham katta hissa qo‘shmoqda. Ushbu ko‘chatlar joriy yil davomida tuman hududida o‘tkaziladigan "Yashil makon" loyihasida ham faol foydalanilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa hududning yanada ko‘kalamzor bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu ko‘chatlarning sotib olinishi mahalla aholisi uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib, ularning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlaydi.
Ushbu faoliyat mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta‘minlash va yashil iqtisodiyot yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ushbu yo‘nalishda qo‘shimcha investisiyalar jalb etish va ilg‘or tajribalarni joriy qilish orqali mahalla aholisi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Dang‘arada “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi


Maktab o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport musobaqalari tashkil etildi.








