Dang‘ara tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi








🔷Dang‘ara tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri amalga oshirildi. Mazkur ekologik tashabbus doirasida tumanning turli hududlarida manzarali va mevador daraxt ko‘chatlari ekilib, aholi o‘rtasida atrof-muhitni asrash madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔷Tadbirda tuman hokimi, tashkilot rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etib, hududdagi yashil maydonlar hajmini kengaytirish, atrof-muhitni obodonlashtirishga hissa qo‘shdilar.
🔷Tadbir davomida ko‘chatlar tanlab olingan maxsus hududlarga ekilib, ularni agrotexnik talablar asosida parvarish qilish, so‘nggi bosqichlarda mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirib borish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.
🔷“Yashil makon” loyihasi doirasidagi bunday tadbirlar tuman hududidagi obodonlashtirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib etish va har bir fuqaroni tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga chorlashga xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!










