Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
135
26
Sayt test rejimida ishlamoqda...

342025-10-28 17:44

Dang‘ara tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni tantanali nishonlandi

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252521995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252529165.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252532750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252533945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252537530.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252539920.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252542310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105178252544700.jpg

Dang‘ara tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni tantanali nishonlandi

🔷Dang‘ara tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimligi vakillari, ichki ishlar tizimi xodimlari, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

🔷Tadbir ishtirokchilari so‘zga chiqib, ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolar tinchligi va xavfsizligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona mehnat haqida so‘z yuritdilar.

🔷Shuningdek, tuman madaniyat markazi xonandalari va taniqli san’atkorlar ijrosida vatan va xalqimizni ulug‘lovchi qo‘shiqlar yangrab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🔷Tadbir davomida xizmat burchini vijdonan bajarayotgan, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar tizimi xodimlari tuman rahbarlari tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🔷Bu yil ham an’anadan chekinilmagan holda kasb bayrami sohaning yutuqlarini e’tirof etish, ilg‘orlarni rag‘batlantirish va soha vakillariga hurmat-ehtirom izhor etish ruhida o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz