Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
66
14
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1462025-06-11 15:51

Dang‘ara tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari

Dang‘ara tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari

Joriy yilning 15 may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi e’lon qilingan edi.

Mazkur dastur doirasida Dang‘ara tumanida maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida tumandagi umumta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport, rassomchilik, shaxmat, shashka va boshqa yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz