Toshloqliklar uchun Moskvaga yo‘l ochildi: “Ozon Komyuniti” bilan onlayn suhbat tashkil etildi

Mehnat bozorida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda! Toshloq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Migratsiya agentligi hamkorligida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan “Ozon Komyuniti” omborxonasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun onlayn suhbat tashkil etildi.
Suhbat jarayonida ish beruvchilar tomonidan ish sharoitlari, oylik maosh miqdori, turar joy masalasi hamda boshqa talab va imkoniyatlar to‘liq tushuntirib berildi. Ta’kidlash joizki, bu kabi aniq va ochiq muloqot fuqarolarning ishga bo‘lgan ishonchini va ishtiyoqini yanada oshirdi.
Eng quvonarlisi — suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga aviachipta va patent xarajatlari to‘liq ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, tanlov g‘oliblari 6 oy davomida mazkur korxonada samarali mehnat qilsa, ushbu xarajatlar sizning zimmangizga qaytarilmaydi. Bu esa nafaqat ish topish, balki iqtisodiy barqarorlikka erishishda katta imkoniyat demakdir.
Toshloqlik yoshlar va ishsiz fuqarolar uchun bunday tashabbuslar — yangi hayot sari qadam. Bandlik — farovonlik poydevoridir!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘ara tumani Taptiqsaroy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni


Tuman hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.