SHIJOAT VA GʻAYRAT MAYDONIDA – ENG KUCHLILAR ANIQLANDI!



Toshloq tumanida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va harbiy xizmatga qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazilgan "Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi katta qiziqish bilan o‘tdi!
Jangovar ruh, jamoaviy hamjihatlik va sportga bo‘lgan sadoqat bilan to‘lgan ushbu musobaqada tumanning turli mahallalaridan yigit-qizlar bahsga kirishdi. Har bir harakatda fidoyilik, har bir g‘alabada mehnat bor edi.
Natijalar esa quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — Hamrak mahalla yoshlari — mustahkam tayyorgarlik va jipslik bilan yetakchi bo‘lishdi!
🥈 2-o‘rin — Nayman mahalla yoshlari — katta iroda va harakat bilan marraga yaqin qolishdi!
🥉 3-o‘rin — Jo‘rqishloq mahalla yoshlari — aql-zakovat va harakatni uyg‘unlashtira oldilar!
Gʻolib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alar topshirildi. Eng yuqori o‘rinni qo‘lga kiritgan Hamrak mahallasi jamoasi esa viloyat bosqichiga yo‘llanma bilan taqdirlandi!
“Shijoat va g‘ayrat” — bu shunchaki musobaqa emas, balki yoshlarning kelajakdagi mas’uliyatli hayotiga tayyorgarlik, Vatan xizmatiga qadamdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘ara tumani Taptiqsaroy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni


Tuman hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.