Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
48
9
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1842025-03-26 09:46

Dang‘ara tumanida iftorlik marosimi o‘tkazildi

Dang‘ara tumanida tashkil etilgan iftorlik marosimida mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, nuroniylar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand oilalar vakillari, tuman hokimi, korxona, idora, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Iftorlik marosimi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan iftorlik marosimi jonli efirda namoyish etildi.

“Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilgan iftorlik marosimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib turgan tumandoshlarimiz iftorlik avvalida Prezidentimiz nutqini tingladilar.

Iftorlik marosimida Qur’on o‘qilib, yurtimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan xalqparvar siyosat, tinch-osuda hayotimiz va ko‘p millatli xalqimiz farovonligini tilab, duolar qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz