Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
70
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...

342025-07-02 19:18

Dang‘ara tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Dang‘ara tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Dang‘ara tumani 2-son politexnikumida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini yaqindan o‘rganish va bartaraf etish, soha rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda tegishli tashkilot raxbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes vakillarining mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishdagi o‘rni va roli, soliq siyosatidagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bank kredit mablag‘lari olish, yer ajratish va boshqa turli yo‘nalishlarda muammo va takliflar hamda ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalari bildirildi.

Bildirilgan muammolar tegishli mas’ullar hamda tijorat banklarini jalb etgan holda o‘rganildi. Muddat talab qilgan masalalar yuzasidan qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz