Lazizbek Mullojonov ham WBC Gran-prisida g‘alaba qozondi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-prisining nimchorak final bosqichi o‘zbek bokschilari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Jumladan, musobaqaning ushbu bosqichida farg‘onalik Lazizbek Mullojonov eng og‘ir vazn toifasida marokashlik Yuness Baalaga qarshi ringga ko‘tarildi. 6 raund etib belgilangan ushbu bellashuv to‘liq davom etdi. Quvonarlisi, unda Lazizbek g‘alaba qozondi va avgust oyida bo‘lib o‘tadigan chorak finalga yo‘l oldi.
Ma‘lumot o‘rnida, WBC Gran-prisining 1/8 finalida yana ikki nafar charm qo‘lqop ustamiz – Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov o‘z vazn toifalarida zafar quchgan holda, 1/4 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Dang‘ara tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari

“Mening bog‘im” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar o'rganildi


“Davlat xavfsizlik xizmat kubogi” bo‘yicha qur’a tashlandi

“Aholiga yordam – oliy qadriyat” mavzusida kouching tadbiri tashkil etildi.