Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
67
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1032025-06-19 13:52

“Aholiga yordam – oliy qadriyat” mavzusida kouching tadbiri tashkil etildi.

Dang‘ara tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Aholiga yordam – oliy qadriyat” mavzusida kouching tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda markaz xodimlari, mahalla faollari hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida, dastlab markaz rahbari hamda sho‘ba mas’ul xodimlari tomonidan bugungi kunda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, tadbir interfaol usulda davom ettirilib, bunda tadbir ishtirokchilari guruhlarga bo‘lingan holda ijtimoiy xodim sifatida muayyan vaziyatga tushib qolgan oilaga ijtimoiy xizmatlar shakllantirish bo‘yicha o‘z bilim va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimida bugungi kunda amalda bo‘lgan yordam va xizmatlar yuzasidan tezkor savol-javob o‘yinlari o‘tkazilib, aholining bu yo‘nalishdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashildi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz