Farg‘ona shahrida aholining muammolarini hal etish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi








Prezident topshirig‘iga muvofiq, aholining dolzarb muammolarini joyida hal etish maqsadida Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Bu galgi qabul Afrosiyob, O‘rmonchilar, Parvoz va Nodirabegim mahallalarida yashovchi fuqarolar ishtirokida o‘tkazildi. Unda ichimlik suvi, yo‘l, elektr ta’minoti, bolalar maydonchasi qurilishi, svetofor o‘rnatish, davolanish va meros masalalari bo‘yicha jami 20 ga yaqin murojaat tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi shu joyning o‘zida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.
Qabul yakunida shahar hokimi murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqdi va ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Sayyor qabullar aholining muammolarini tezkor va samarali hal etishning amaliy shakliga aylanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Mening bog‘im” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar o'rganildi


“Davlat xavfsizlik xizmat kubogi” bo‘yicha qur’a tashlandi

“Aholiga yordam – oliy qadriyat” mavzusida kouching tadbiri tashkil etildi.

Tuman hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.

“Kitobxon hamshira” tanlovi tashkil etildi.