Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
67
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1342025-06-17 17:22

Aholi muammolarini hal etish kechiktirib bo‘lmas masala

Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, hududlardagi ishlarning borishi va aholining dolzarb masalalariga yechim topish masalalari muhokama qilindi. Unda hokimlarga har kuni ishni Xalq qabulxonalarida aholi dardi va muammolarini eshitishdan boshlash vazifasi topshirildi.

Ushbu topshiriq ijrosi doirasida bugun Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. “Qizil hudud” sifatida belgilangan O‘rtasho‘ra va Cheksho‘ra mahallalaridagi sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida uy ta’miri, moddiy yordam, ijtimoiy ko‘mak, sog‘liqni saqlash va kredit masalalari yuzasidan 25 ga yaqin murojaat bo‘ldi, ayrimlari joyida hal etildi.

Qabuldan so‘ng hokim mahallalarda muammolarni joyida o‘rganib chiqdi. Bunday qabullar Farg‘ona shahrida muntazam davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz