Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.








Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Tojixakimov ochdi va olib bordi.
Sessiya boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining 1-o‘rinbosari I.Usmonov hisobot berib o‘tdi.
Sessiya davomida hududlarda jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyani oldini olish borasida joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori A.Boboxonov hamda tuman IIB boshlig‘i Yo.Abdurasulovning hisobotlari eshitildi.
Dang‘ara tumani Xalq qabulxonasi mudiri B.Mamajonovning joriy yilning 1-choragi davomida Dang‘ara tumani hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlardagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Besh tashabbus paralimpiadasi“ning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tuman hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.

"Tinch va fayzli oila" tarbiyaviy profilaktik tadbir

