“Hokim va yoshlar” uchrashuvi








Qo‘qon universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Hokim va yoshlar” nomli ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Dang‘ara tumani hokimi, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda universitet bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar hamda “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyixalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli qaror mazmun-moxiyati keng tushuntirilib o‘tildi.
Uchrashuvda bitiruvchi talaba yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Besh tashabbus paralimpiadasi“ning tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tuman hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi.

"Tinch va fayzli oila" tarbiyaviy profilaktik tadbir


Dorixona faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv.