Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan

Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish uchun qanday jinoiy javobgarlik belgilangan
Ma’lumki, transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning asosiy obyekti jamoat xavfsizligi va jamoat tartibi hisoblanadi. Shu bilan birga, aybdor shaxs mazkur jinoyatlarni sodir etishda, deyarli barcha hollarda, inson hayoti va sog‘lig‘i kabi qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa obyektlarga ham tajovuz qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 266-moddasida, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lib, mazkur qonunga ko‘ra, shaxs transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
o‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
o‘sha qilmish: odamlar o‘limiga; halokatga; boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.
Maxkamjon Abdubannabov,
jinoyat ishlari bo‘yicha
Dang‘ara tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

"Tinch va fayzli oila" tarbiyaviy profilaktik tadbir



Dang‘ara tumani hokimi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi.

Dang‘ara tuman hokimi tadbirkorlar bilan uchrashdi