Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
48
9
Sayt test rejimida ishlamoqda...

422025-05-06 14:35

“BOR MEHRIMIZ SHU VATAN, SHU XALQ UCHUN!” — TOSHLOQDA SOGʻLOM HAYOT SARI YANA BIR QADAM

Yurtimizda har bir inson salomatligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostidagi sog‘lomlashtirish oyliklari ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Toshloq tumanida ham mazkur oylik doirasida katta ishlar amalga oshirildi. Hududdagi tibbiyot muassasalari, shifokorlar va mahalliy hokimlik vakillari birlashib, yurtdoshlarimizning salomatligi uchun bir yoqadan bosh chiqarishdi. Oylik mobaynida ayniqsa bemorligi bo‘lgan, doimiy tibbiy nazoratni talab qiladigan oilalarga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda shunday maxsus e’tiborda turgan 4699 ta oila mavjud bo‘lib, ularning har biri tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kun davomida umumiy hisobda 20 079 nafar fuqaro o‘z salomatligini tekshirish imkoniga ega bo‘ldi. Tekshiruvlar paytida bir qator kasalliklar erta aniqlanib, tegishli davolash ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘riklarga kela olmaydigan, imkoniyati cheklangan fuqarolar esa shifokorlar tomonidan xonadonma-xonadon yurib ko‘rikdan o‘tkazildi. E’tibordagi oilalar uchun maxsus ajratilgan transport vositalari — avtobuslar orqali shifoxonalarga olib borish xizmati tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlar xalq bilan yaqinlashish, uning dardiga hamdard bo‘lish va har bir insonning hayoti, salomatligi bizning eng katta boyligimiz ekanini yana bir bor ko‘rsatib bermoqda.

Sog‘lom inson — sog‘lom jamiyat asosi. Toshloqda amalga oshirilgan bu ezgu tashabbus nafaqat tibbiy xizmat, balki mehr, e’tibor va xalqqa sadoqat namoyoni bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz