Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
44
9
Sayt test rejimida ishlamoqda...

272025-04-28 12:07

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

Farg‘ona shahrining “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Kedr" MChJ tomonidan yirik mebel ishlab chiqarish va omborxona majmuasi foydalanishga topshirildi. Quvonarlisi, 50 milliard so‘mlik loyiha doirasida yiliga 100 ming dona mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratilib, 200 ta yangi ish o‘rni tashkil qilindi.

Tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov ishtirok etib, tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni oshirish borasidagi islohotlar haqida so‘z yuritdi. Yangi korxona innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat yuritib, ichki bozorga mahsulot yetkazish va jahon bozoriga chiqish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

Tadbirga tashrif buyurganlar korxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz