Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
44
9
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1762025-04-23 18:10

“Oila va xotin-qizlar maskani”

Dang‘ara tumanida “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari, xotin-qizlar faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etib, maskanda faoliyat yuritadigan o‘quv mashg‘ulotlari, tibbiy, psixologik, xuquqiy maslaxatxonalar, kasb-hunar va tadbirkorlik bilimlarini o‘rgatuvchi kurslar, kutabxona, haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Oila va xotin-qizlar maskanida nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaning qonuniy asoslarini mustahkamlash, mas’uliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, oilaviy munosabatlarda har-xil muammolarga duch kelayotgan oilalar va ularni a’zolarining huquqiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirish, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashga ko‘maklashish, tadbikorlik ko‘nikmalariga o‘qitish faoliyatlari olib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz