“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Dang‘ara tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.








“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Dang‘ara tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, madaniy saviyasini yuksaltirish va milliy san’at an’analarini asrash maqsadida o‘tkazilayotgan “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Dang‘ara tuman bosqichi tantanali ravishda tashkillandi.
📌 Dang‘ara tumanidagi 27-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar dutor, rubob va doira kabi milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida o‘zbek xalq kuylarini mahorat bilan ijro etdilar.
Tanlov natijasiga ko‘ra
1 -o‘rin 12-umumta’lim maktabining "Iste’dod" ansambliga;
2-o‘rin 26-umumta’lim maktabning "Shukrona" ansambliga;
3-oʻrin 17-maktabning "San’at g‘unchalari" va 27-umumta’lim maktabining "Sado" ansambllariga nasib qildi.
Ko‘rik tanlovda faol ishtiroki uchun 1-, 29-, 39-maktab jamoalariga tashakkur aytamiz.
Viloyat bosqichiga yo‘l olgan 12-maktabning "Iste’dod" ansambliga omad tilaymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Oqjar mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.


Sport vaziri o‘rinbosari Dang‘ara tumanida