Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


2023 yil 1 maydan Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi

×

 2023-05-01 13:05:49    236

PDF yuklash
Chop etish



 Shunga ko‘ra:

banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimi joriy qilinadi;

 

banklarga qarz oluvchi tomonidan to‘langan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi beriladi;

 

professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;

 

uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha berilgan subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;

 

2023 yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023 yil 1 maydan 2023 yil 1 dekabrgacha qabul qilinadi;

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy ta’minotdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi beriladi.

Qoʻqon shahar Adilya boʻlimi davlat xizmatlari boʻlim boshligʻi  Kunishaliyev  Abdumajid Nabijonovich