Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Pekinda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi
2019-08-21 12:08:23 1484
Pekinda O‘zbekiston mustaqilligining 28 yillik bayrami va mamlakatning Xitoydagi elchixonasi yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, 500 nafarga yaqin mahalliy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar soha, Pekinda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Van I O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosi ikki xalqning mustahkamlanib borayotgan do‘stligi ramziga aylanishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda o‘zbek san’ati namoyandalarining chiqishlari tashkil etildi, xalq amaliy san’ati namunalari namoyish etildi. Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari tortildi.