Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YURTBOSHIMIZ NUTQI – DUNYO MA’RIFATPARVARLARI E’TIBORIDA

 2017-10-12 17:08:33    2113

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so’zlagan nutqini jahon jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Prezidentimiz dunyoning eng yuksak minbaridan turib, o’zbekona qat’iyat va mulohaza bilan mamlakatimiz hayoti, markaziy Osiyo mintaqasi hamda jahondagi tinchlik va barqarorlik bilan bog’liq eng muhim masalalarni o’rtaga tashladi.

Nutqda Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti ekanligi ta’kidlanib, bu mamlakatda tinchlikka erishishning yagona yo’li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o’rtasida oldindan hech qanday shart qo’ymasdan, to’g’ridan-to’g’ri muloqot olib borish ekanligi qayd etildi. Dunyoda terrorizm tahdidlari, so’nggi yillarda kuchayib borayotgani haqida so’z yuritilib, Yurtboshimiz tomonidan ushbu globall muammoni xal etishining eng ta’sirchan va samarali yo’li sammit ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Ekstremistik faoliyat va zo’ravonlik bilan bog’liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga etmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.   

Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o’z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo’ravonlik g’oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir, – dedi davlatimiz rahbari o’z nutqida. – 
 Shu munosabat bilan O’zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. 

Prezidentimiz tomonidan dunyoning eng yirik siyosatchilariga qarata yuksak minbardan turib aytilgan bu fikrlar katta e’tibor bilan qarshi olingani bejiz emas. Chunki, shiddat bilan o’zgarib borayotgan bugungi global davrda yoshlar ongi va shuuriga qaratilgan tahdidlar tobora avj olmoqda va bu masala dunyo ma’rifatparvarlarini ham tashvishga solayotgani bejiz emas. Chunki bunday xatarlar ko’zga yaqqol ko’rinmaydi va yoshlar ongu shuurini asta-sekinlik bilan buzib, sog’lom e’tiqodini zaiflashtirib boraveradi.

Ayni damda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’layotgan xunrezliklar, ekstremizm va terrorizm balosining avj olishiga ham to’g’ri yo’ldan adashgan, ongu shuuri buzg’unchi g’oyalar bilan zaharlangan yoshlar sababchi ekanligini jahon afkor ommasi yaxshi anglab turibdi. Ana shunday balo-qazolarning oldini olish, dunyoni jaholatdan saqlab qolishning eng oqilona yo’li bu yoshlarni ma’naviyat va ma’rifatli qilib tarbiyalash ekanligi Prezdientimiz tomonidan yanada bir bor, kuyunchaklik bilan ta’kidlab o’tildi.

Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, davlatimiz rahbarining BMTning Yoshlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish haqidagi taklifi eng o’rinli va oqilona taklif ekaniga shubha yo’q. Agar ana shunday yirik xalqaro hujjat qo’llab-quvvatlansa va qabul qilinsa yoshlarning huquq va manfaatlari aniq mezonlar asosida tartibga solinadi va bu dunyo yoshlarini ezgu maqsadlar yo’lida birlashtiradi, jipslashtiradi.

Dunyoda tinchlik  va osoyishtalikdan ortiqroq ulug’ ne’mat yo’q. Bu ne’mat zamirida rivojlanish, taraqqiyot va farovonlik mujassam. Bugun notinchlik hukm surayotgan yurtlarda yashayotgan odamlar bu ne’mat qadrini ko’p va xo’p anglab etadilar.

Biz tinchliksevar xalqmiz. O’zbek xalqining ana shu pok niyati, ezgu istaklari Yurtboshimiz nutqida ham yaqqol aks etdi va sammit ishtirokchilari qalbidan chuqur joy oldi.