Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ILMIY VA AMALIY HAMKORLIK RIVOJI

×

 2017-08-21 11:58:28    1754

PDF yuklash
Chop etish


kishloq xo’jaligi sohasida ko’plab istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etishda yangi bosqichni boshlab beradi


Farg’ona va Xitoyni o’zaro mustahkam rishtalar bilan bog’lab turuvchi do’stona aloqalar juda qadim tarixga ega. Bir paytlar Buyuk Ipak yo’li bo’ylab Dovon (hozirgi Farg’ona) va Chin (Xitoy) mamlakatlari o’rtasida asrlar mobaynida davom etgan ikki tomonlama manfaatli aloqalar bugungi kunda zamonaviy mezonlar asosida takomillashib, rivojlanib bormoqda.

Shu yilning 16 avgust kuni Xitoy qishloq xo’jaligi akademiyasi, qishloq xo’jaligi sohasiga ixtisoslashgan institutlar, ilmiy markazlar rahbarlari, olimlaridan iborat bir guruh rasmiy delegatsiya a’zolari viloyatimizga tashrif buyurishdi. O’zbekona udumga ko’ra mehmonlar viloyatimizning chegara hududi – Yozyovon tumanida kutib olindi. Shundan so’ng mehmonlar tashrif rejasiga muvofiq Quva tumanida joylashgan Paxta selektsiyasi, urug’chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasiga yo’l olishdi. Karnay-surnay sadolari ostida, non-tuz bilan kutib olingan mehmonlar yurtimiz bog’larida etishtirilgan shirindan-shakar mevalar, poliz mahsulotlaridan bahramand bo’lishdi hamda mehmonlarga milliyligimizni aks ettiruvchi sovg’alar tuhfa etildi. Institut hovlisida bir piyola choy ustida samimiy suhbat uyushtirildi, milliy va mumtoz musiqa jozibasi barchani shodon davraga chorladi.

Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasida bo’lib o’tgan uchrashuvda qishloq xo’jaligi sohasida ikki tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ayniqsa, paxtachilik tarmog’ida ilmiy va amaliy hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr-mulohaza yuritildi.

Bu yil viloyatimizda 95 ming gektar paxta maydonida 275 ming tonna sifatli hosil etishtirish rejalashtirilgan,-dedi viloyat hokimi o’rinbosari Ulug’bek Nosirov. – Aynan paxtachilik sohasiga ixtisoslashgan 4 mingta fermer xo’jaliklari faoliyatida ilmiy va hayotiy tajribani o’zaro uyg’unlashtirishda Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasining juda katta xizmati bor. Viloyatimiz tabiiy-iqlim sharoitiga mos yangi navlar yaratish, joylashtirish, hosildorlikni oshirish, turli kasallik va zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish kabi sohalarda doimiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

2017 yilgi dehqonchilik yilida 245 gektar eri mavjud bo’lgan Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasining 70 gektarida tajriba tariqasida bir necha istiqbolli paxta navlari parvarishlandi. Qishloq xo’jaligi sohasida o’nlab akademiklar, professorlar, fan doktorlari va nomzodlarini tarbiyalagan ushbu markazda hozirgi kunda 12 nafar ilmiy xodimlar samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, joriy dehqonchilik yilida har gektar erdan o’rtacha 45 tsentnerdan sifatli hosil olish ko’zda tutilyapti.

Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasi tasarrufidagi Quva birlamchi elita g’o’za urug’chiligi laboratoriyasi dalalarida davom etgan yuzma-yuz muloqotda paxtachilik sohasidagi hayotiy, ilmiy tajribalar bo’yicha o’zaro fikr almashildi.

G’o’za parvarishi agrotexnologiyasi, biologik usullarni qo’llash, ilmiy yondashuv singari sohalardagi tajribalarimiz bir-biriga juda yaqin,-deydi Xitoy qishloq xo’jaligi akademiyasi qoshidagi paxtachilikni o’qitish instituti rahbari Li Fugan. – Qolaversa, tuproq unumdorligi, tabiiy-iqlim sharoiti borasidagi jihatlar ham bir-biriga juda o’xshaydi. Bu esa hamkorlik istiqbolini ta’minlashda juda muhim ahamiyatga ega. Bu tashrifdan ko’zlangan maqsad ham o’zaro tajriba almashish, ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, yangi g’o’za navlari yaratishda yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan.

Ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida yurtimiz va xitoylik olimlar o’rtasida bevosita qishloq xo’jaligi sohasida ham samimiy hamkorlik izchil davom etmoqda. Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasi katta ilmiy xodimi, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor Nazirjon O’razmatov 1993, 1996 yillarda Xitoyda o’zaro tajriba almashib kelgan. Professorning e’tirof etishicha, “Andijon-60” navi aynan Xittoy tajribasi asosida chatishtirilgan. Qadrdonlar bu galgi muloqot chog’ida ilmiy hamkorlik ko’lamini bugungi kun talabi asosida rivojlantirish borasida bir-birlarini qo’llab-quvvatlashdi. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligi sohasining eng ko’zga ko’ringan olimlari, qishloq xo’jaligi fanlari doktorlari Shuhrat Teshaev, Shodmon Namozovlar ishtirokida bo’lib o’tgan amaliy mashg’ulotlar juda ham maroqli o’tdi.

Mustaqillik yillarida Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasi olimlari tomonidan “Bo’ston”, “Al Farg’oniy”, “Qubbo”, “O’zPiti-2201”, “O’zPiti-2202”, “Beshariq-96” singari bir qator yangi g’o’za navlari yaratilib, amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilgan.

Shu yilning 22-23 iyun kunlari viloyatimizga tashrifi chog’ida muhtaram Prezidentimiz yangi istiqbolli navlar yaratish, qishloq xo’jaligi sohasida ilmiy yondashuvni kuchaytirish borasida zimmamizga muhim vazifalar topshirdi,-deydi selektsioner olim Maxsutali Hojimatov. – Hozirgi kunda viloyatimiz iqlim sharoitiga mos bo’lgan bir necha navlarni takomillashtirish, ham fermer, ham sanoat tarmog’i uchun sifatli tola beruvchi, jahon andozalariga javob beradigan, suvga chidamli, tejamkor, serhosil navlar ustida ilmiy izlanishlar olib borilyapti. O’zim “Bo’ston”, “Al Farg’oniy”, “O’zPiti-2201” navlarining asosiy muallifiman. Ayni paytda viloyatimiz iqlim sharoiti uchun eng maqbul hisoblanuvchi “O’zPiti-2201” g’o’za navini har jihatdan takomillashtirish maqsadida ilmiy va amaliy tajribani o’zaro uyg’unlashtirgan holda ish olib boryapman. Bugun xitoylik olimlar bilan g’o’za selektsiyasi faoliyatiga zamonaviy mezonlar asosida yondoshish bo’yicha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Shuningdek, bevosita dalaning o’zida bo’lib o’tgan suhbatlarda Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasi olimlari tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar, ilmiy izlanishlar va salohiyat, yangi g’o’za navlari yaratish va takomillashtirish sohalari bo’yicha taqdimot marosimlari o’tkazildi. Cho’l hududlarda hosildorlikni oshirish, sho’rlanganlik darajasini pasaytirish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan o’zaro fikr almashildi. Muhtaram Prezidentimiz tavsiyasi asosida Markaziy Farg’ona hududidagi hosildorligi past erlarga boshqa ekinlarni joylashtirish bo’yicha olimlarimiz tomonidan ilmiy asoslangan reja ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

Viloyatimizga amalga oshirilgan bir kunlik tashrif doirasida xitoylik mehmonlar istiqlol yillarida Marg’ilon va Farg’ona shaharlari, Quva tumanida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik salohiyatiga yuqori baho berishdi.

Xitoy rasmiy delegatsiyasini viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev qabul qildi va samimiy muloqot chog’ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik ko’lami yanada kengayishiga ishonch bildirildi.