Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Dekabr 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Uvaysiy MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi muammolar o‘rganildi

×

 2023-11-20 17:28:26    1172

PDF yuklash
Chop etish


Dang‘ara tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Uvaysiy MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi muammolarni o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Uvaysiy MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib qo‘shimcha yoritkichlar o‘rnatilib, elektr energiyasi hamda ichimlik suvi bo‘yicha mavjud muammolar bartaraf etilmoqda. Shuningdek,  uylarning atrofidagi noqonuniy qurilishlar va yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq xolatlar ham bartaraf etilmoqda.
Tuman hokimi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu hududdagi fuqaroning murojaatini ham mas’ullar ishtirokida o‘rgandi. Mutasaddilarga ushbu ayolning imtiyozli kredit olishida ko‘mak berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.