Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“AYOLLAR DAFTARI” Savol: Assalomu alaykum, savolim shundan iborat ediki, hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan ayollar daftari bo‘yicha tushuntirish bersangiz?

 2022-11-24 09:11:53    325

PDF yuklash
Chop etish


AYOLLAR DAFTARI

 

Savol: Assalomu alaykum, savolim shundan iborat ediki, hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan ayollar daftari bo‘yicha tushuntirish bersangiz?

Javob: Ayollar daftari bugungi kunda haqiqatdan ham dolzarb mavzu bo‘lganligisababli ushbu savolga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Jamiyatimizning barcha qatlamlarini tengdek muhofaza qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilinishi taʼminlanishi uchun davlatimizda “Ayollar daftari” yuritiladigan boʻldi. Ushbu daftar ishsiz va yordamga muhtoj barcha xotin-qizlarning ehtiyojlarini taxminlashga xizmat qiladi va ularning turmush tarziga bevosita taʼsir qiladi.

“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.

Ayollar daftari»ni shakllantirish mezonlari:

Birinchi navbatda, har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:

ü     ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan, daromad manbaiga ega boʻlmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yoʻqotgan, biroq ishlash ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlar);

ü     boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi boʻlmagan, qoʻshimcha moddiy yordamga muhtojlar);

ü     ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, oʻzgalar parvarishiga muhtojlar);

ü     uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, yolgʻiz yashaydigan, uy-joyini taʼmirlash imkoniyati boʻlmaganlar);

ü     noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan xotin-qizlar (maʼmuriy binolar, yertoʻlalar va istiqomat qilish maqsadlariga moʻljallanmagan boshqa binolarda yolgʻiz yoki oila aʼzolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar);

ü     qaramogʻida nogironligi boʻlgan bolasi mavjud yolgʻiz ayollar;

ü     tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (oʻzi va birgalikda yashovchi oila aʼzolari ogʻir ijtimoiy vaziyatda boʻlgan, surunkali yoki ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega boʻlmaganlar);

ü     huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida boʻlgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaat qilganlar);

ü     psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).

Shuningdek, xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda oʻrganiladi:

ü     sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yigʻinlari xodimlari, faollari va mahalladagi mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi” bilan birgalikda barcha yoʻnalishdagi muammolarni har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish orqali;

ü     xotin-qizlarning murojaatlarini, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga murojaatlarini koʻrib chiqish orqali.

Xotin-qizlarning muammolarini tez, oson va sifatli hal qilish uchun ushbu muammolar tizimli hal qilinishi lozim. Shu boisdan ham xotin-qizlarning muammolar quyidagi ravishda hal qilinadi:

1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

ü     tuman (shahar)lar hokimliklari, investitsiya boʻlimlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;

ü     tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

ü     tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish;

ü     tuman (shahar)lar aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish;

ü     ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash choralarini koʻrish.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali bandligini taʼminlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

ü     yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;

ü     parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;

ü     dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama koʻmaklashish;

ü     “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar tomonidan dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish, ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻlik koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish ishlari amalga oshiriladi.

3. “Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish

Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida boʻlgan xotin-qizlarga tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:

ü     hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda biznes loyihalarni tuzishni oʻrgatish;

ü     kredit olishga koʻmaklashish.

Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

Bunda kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.

Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.

Kreditlar “Ayollar daftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi boʻyicha alfavit tartibida shakllantirilgan qatʼiy navbat asosida ajratiladi.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalari xarid qilish uchun subsidiyalar beriladi.

4. “Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Bir martalik moddiy yordam olgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta kiritilgan hollarda, bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.

5. Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatish

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

ü     tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning sogʻligi sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli tibbiyot xodimlarini jalb qilgan holda oʻrganiladi;

ü     oʻrganish natijasi boʻyicha kasallik aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;

ü     tibbiy koʻrik natijasi yuzasidan koʻrsatma boʻyicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulator sharoitda davolanadi;

ü     ahvoli ogʻir boʻlgan bemorlarga koʻrsatma boʻyicha viloyat ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga yoki respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga davolanish uchun bepul order ajratiladi;

ü     nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan bemorlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

6. Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish

Huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatiladi:

ü     prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;

ü     ichki ishlar organlari — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish;

ü     adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.

7. “Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatish

Psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, taʼlim muassasalarining, faoliyati psixologik yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.

Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi:

ü     bandligi taʼminlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlganda;

ü     bir martalik moddiy yordam koʻrsatish orqali muammosi hal etilganda;

ü     turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda toʻlab berilganda;

ü     malakali tibbiy xizmat koʻrsatilganda;

ü     toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;

ü     aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;

ü     oʻz arizasiga koʻra;

ü     “Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;

ü     boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;

ü     sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

ü     xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;

ü     shaxs vafot etgan taqdirda.

“Ayollar daftari”ga ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan xotin-qizlarning barcha masalalari toʻliq hal etilishi “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun asos boʻladi.

 

 

Dang‘ara tumani

Adliya bo‘limi boshlig‘i

Shukurullo Tillayev