Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


AYOLLAR HUQUQLARI VA GENDER TENGLIK

×

 2024-02-27 18:58:30    637

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiyaga kiritilgan muhim o‘zgartishlardan biri ayollar huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Jumladan, 37-modda: “Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”.

Homilador va bolasi bor ayollarni kamsitish holatlarini taqiqlovchi normalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida mustahkamlangan. Ular alohida ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishga oid cheklovlar bilan bog‘liq.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari va shu sohaga oid qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilanishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta’minlash va kamsitishning har qanday shakliga barham berish bo‘yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish bilan shug‘ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil qilinishi, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, Hukumat huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil etilishi shu chora-tadbirlarning uzviy davomi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2022 yil 07 mart kuni “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni  asosida 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur tasdiqlanib, unga ko‘ra xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

Gender zo‘ravonlik – bu global muammo bo‘lib, jamiyatda bunday zo‘ravonlikka hech qanday holatda ham ko‘z yumib turmasdan, ta’lim va ommaviy axborot vositalari orqali har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni inkor etadigan, unga toqat qila olmaydigan muhit yaratishda hissa qo‘shishimiz zarur bo‘ladi.

 

 

Fuqarolik ishlari bo’yicha Qo’qon

tumanlararo sudi sudyasi

M.Shokirova