Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish bilan bog'liq xizmatlar
Xizmat haqida:
Tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatga olish bilan bo`g`liq xizmatlar. Xizmatlar Elektron raqamli imzo bo'lgan holda taqdim etiladi.
Xizmatning sohaga tegishliligi:
Tadbirkorlik faoliyati.
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:
Jismoniy shaxslar.
Tashkilot:
Farg'ona viloyat hokimligi.
Bog`lanish:
Farg'ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:
- Arizachini pasport nusxasi;
- Mulkdorning obyektga nisbatan bo`lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
- Davlat bojini to`laganlik haqidagi kvitansiya;
- Obyektning dastlabki chizmasi nusxasi;
- Kadastr hujjatlari nusxalari;
- Loyiha hujjatlari nusxalari;
- Arxitektor xulosasi nusxasi;
- Xususiy turar joy mulkdorlari shirkati raisining bayonnomasi nusxasi;
- Oila a`zolari roziligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (notarial tasdiqdan o`tkazilgan).
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi:
Xizmat narxi va to`lash tartibi:
Eng kam ish xaqqining 4 baravari miqdorida.
Xizmatni ko`rsatish muddati:
2 ish kunidan ortiq bo'lmagan muddatda.
Natijani olish usullari:
Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.
Xizmat natijasi:
Tadbirkorlik subyektini ro`yxatga olish.
Rad etish sabablari:
- Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
- Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
- Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
- Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.
Shikoyat arizasi berish tartibi:
Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko'rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.