Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
“SOLIQCHI TADBIRKORGA KO’MAKCHI”
2022-04-27 08:33:31 429
Dang’ara tumani Davlat soliq Inspeksiyasi tumanimizda “Soliqchi tadbirkorga ko’makchi” tamoyili asosida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan 2022-yilning mart oyida yangi ro’yxatdan o’tgan 55 ta tadbirkorlik subektlariga dastlabki buxgalteriya xisobini yuritish bo’yicha amaliy yordam xamda zarur tushunchalar berildi.
mart oyida jami 255 ta tadbirkorlik subektlardagi mavjud muammolar o’rganilib, zarur amaliy yordamlar ko’rsatildi. Joriy yilning mart oyida 17 nafar xo’jalik yurituvchi subektlarini ortiqcha to’lov summalarini xisob raqamlariga qaytarishda amaliy yordam kursatildi. 55 nafar tadbirkorlarga shaxsiy xisob varag’idan nusxa olishda amaliy yordam ko’rsatildi. 74 nafar tadbirkorlarning soliq organiga aloqador boshqa muammolariga amaliy ko’mak berildi, shuningdek 42 ta tadbirkorlik subektlariga soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibi xaqida tushunchalar berildi.
Dang’ara tuman Davlat soliq ispeksiyasi xodimlari xar doim tadbirkorlarni qo’llab quvvatlaymiz, ularning tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirib yurtimiz ravnaqiga munosib xissa qo’shishlariga birgalikda yordam beramiz.
Tuman Davlat solik inspeksiyasi
“Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash”
sho’basi