Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси
“AHOLINI RO‘YXATGA OLISH” JARAYONIDA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI YIG‘ISH AMALGA OSHIRILADIGAN SAVOLLAR RO‘YXATI
2021-09-16 18:46:14 571
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-mart kungi O‘RQ-611-sonli Qonuni 21-moddasiga asosan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati Aholini ro‘yxatga olish dasturi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Aholini ro‘yxatga olish dasturiga qo‘shimcha ravishda boshqa savollar kiritilishi mumkin.
Javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli axborotni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi savollar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ro‘yxatga olish varag‘ining shakllari Aholini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Dang’ara tumani statistika bo’limi