Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


Xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha o’quv kurslarini tashkillashtirish sohasidagi nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish bo’yicha litsenziya olish uchun ariza yuborish

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida

Xorijiy tillarni o’rganish bo’yicha o’quv kurslarini tashkillashtirish sohasidagi nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash uchun ariza yuborish

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Yuridik shaxs

Tashkilot

Farg’ona viloyat hokimligi

Bog’lanish

Manzil: A.Navoiy ko’chasi, 15

Mo’ljal: Asia mehmonhonasi

6, 6a , 8,8a, 20 avtobuslarning yo’nalishi


Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar

yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi;

faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligini, shuningdek mazkur binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;

yong’in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong’in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiena normalariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosalari;

nodavlat ta’lim muassasasi ustavining nusxasi;

o’quv rejalari va dasturlari;

chet tillarga o’qitgan hollarda pedagogik kadrlar to’g’risida ma’lumot (ma’lumoti to’g’risidagi hujjatlarning nusxasi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi to’g’risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusxalari);

o’quv jarayonini ta’minlash uchun zarur bo’lgan moddiy vositalarning (yoki ularni moliyalashtirishning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Xizmatni ko’rsatishning huquqiy asosi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o’qitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 14 iyundagi №169 son

"Tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son qarorlari asosida,

O’zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida» 2000 yil 25 maydagi 71-II sonli qonuni asosida amalga oshiriladi.

Xizmat narxi va to’lash tartibi

O’zbekitson Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanganidek, litsenziya da’vogari arizasini ko’rib chiqqanlik uchun ikki marta eng kam ish haqi miqdorida to’lov olinadi

Yig’ilgan summa litsenziantning arizasini ko’rib chiqish uchun Toshkent shahar hokimiyati hisobiga o’tkaziladi

Xizmatni ko’rsatish muddati

Litsenziya da’vogariga litsenziya berish yoki bermaslik qarorining qabul qilish muddati talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab o’ttiz kundan oshmasligi kerak.

Natijani olish usullari

Javob Farg'ona shahar yoki tuman hokimiyati javobgar shaxsi tomonidan elektron shaklda Yagona portaldan ro’yxatdan o’tilayotganda ko’rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi.

Xizmat natijasi

Litsenziya berishni rad etilganligi yoki litsenziya berish haqidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi javob qabul qilinishi

Rad etish sabablari

Litsenziya berish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi O’zbekiston Respulikasi qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha rad etilishi mumkin.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Arizachi ishchi organning qarori ustidan, shuningdek mansabdorning xatti-harakatlari tartibi ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.