Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
137
26
Sayt test rejimida ishlamoqda...

772025-10-31 16:51

Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105484258713760.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105484258720930.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105484258723320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105484258725710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105484258728100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105484258729295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105484258731685.jpg

Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi Sh.Tojixakimovning hisoboti eshitildi

Dang‘ara tumani mahalliy budjetining 2025 yil 3-chorak ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoyillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoyishiga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tuman moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Latipov Kozimjon Xakimjonovich xisobot berib o‘tdi.


Tumanda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Davlat kadastrlar palatasi Dang‘ara tumani filiali raxbari Isanbayev Maqsudjon Murodovich xisobot berib o‘tdi.


Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz