Maxsus imkoniyatlar

Ekran O‘lchami:

50 %

Shrift O‘lchami:

50 %
Saytni baholash
137
26
Sayt test rejimida ishlamoqda...

582025-10-30 15:19

Dang‘ara tumanida “Sen iste’dodlisan” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400012000.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400017975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400021560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400025145.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400027535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400031120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400033510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2105374400034705.jpg

Dang‘ara tumanida “Sen iste’dodlisan” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

🔷Dang‘ara tumani madaniyat markazida “Sen iste’dodlisan” Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔷Mazkur tanlov Dang‘ara tumani hokimligi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

🔷 Tanlovda inklyuziv ta’lim sinflarida hamda uy sharoitida yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyish etdilar.

🔷Tadbir davomida ishtirokchilar qo‘shiq, raqs, musiqa va boshqa yo‘nalishlarda chiqishlar qilib, tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin oldilar.

🔷Tanlov yakunida o‘z nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bolajonlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🔷Ta’kidlash joizki, bunday tanlovlar imkoniyati cheklangan bolalarning iqtidorini kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish va jamiyatda munosib o‘rin topishlariga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz