Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Pekinda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

×

 2019-08-21 12:08:23    1378

PDF yuklash
Chop etish


Pekinda O‘zbekiston mustaqilligining 28 yillik bayrami va mamlakatning Xitoydagi elchixonasi yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Dunyo”

Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, 500 nafarga yaqin mahalliy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar soha, Pekinda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Foto: “Dunyo”

Van I O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosi ikki xalqning mustahkamlanib borayotgan do‘stligi ramziga aylanishiga ishonch bildirdi.

Foto: “Dunyo”

Tadbirda o‘zbek san’ati namoyandalarining chiqishlari tashkil etildi, xalq amaliy san’ati namunalari namoyish etildi. Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari tortildi.