Shrift o'lchami Rang Rasm

www.DANGARA.uz


<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakov yurtimizga keldi

×

 2018-03-30 17:04:07    375

PDF yuklash
Chop etish


Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakov boshchiligidagi qirg‘iziston delegatsiyasi ishchi tashrif bilan mamlakatimizga keldi. 


Mehmonlarni Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara majmuasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va keng jamoatchilik vakillari tantanali ravishda kutib oldi.


Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, chegara masalalari bo‘yicha aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, shuningdek, savdo-sotiq, turizm, energetika, transport sohalaridagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan.


Chegara majmuasida mehmonlarni kutib olishga bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isakov rahbarligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. 


Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vazirlari raisligidagi ikki davlat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.